Orqaga

1105 marta koʻrilgan

XI–XV

Oʻrta asrlarda Yaponiya

Yaponiyada yer egaligi munosabatlari XI–XII asrlarda uzil-kesil shakllangan. Bu paytga kelib yer egalari mulklari – syoyenlar vujudga kelgan. Bunday yerlar merosiy bo’lib, syoyenlar barcha soliqlardan ozod etilgan. Zamindorlar o’z yerlarini kambag’al dehqonlarga ijaraga berishgan. Yaponiyada yirik yer egalari ma’lum toifalarga bo’lingan. Ulardan eng nufuzlilari – xanke deb nomlangan. Ularning vassallari ryokalar bo’lgan. Harbiy bo’linmalar jangchilari esa – samuraylar deb nomlangan. Ularga xo’jayinlari harbiy xizmat evaziga yer-mulk bergan.