Orqaga

907 marta koʻrilgan

XX–XXI

XX asr oxiri — XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar

Jahon tarixi eng yangi davrining uchinchi bosqichi 1991-yildan to hozirgi kungacha bo’lgan voqealarni o’rganadi. Bu davrda sotsialistik tizimning barbod bo’lishi SSSR tarqalib ketishi, jahon miqyosida kuchlar nisbati, qudratli davlatlar o’rtasida shakllangan muvozanatga katta ta’sir ko’rsatdi. Bu paytda iqtisodiy va madaniy hayotning globallashuvi, ekologiya muammolarining keskinlashuvi, jahonning juda katta qismida modernizatsiya jarayonlarining tugallanmagani bilan bog’liq ziddiyatlarning kuchayishi xalqaro barqarorlikka jiddiy xavf sola boshladi. Bu ko’plab mamlakatlardagi murakkab masalalar manbasiga aylandi.