Orqaga

973 marta koʻrilgan

XX

XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli

XX asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib ketdi. Manchjurlarning Sin sulolasi hukmronligi inqirozga yuz tutdi. Shoshilinch ko’rilgan islohot choralari jamiyat ahvolini tubdan yaxshilamadi. Xitoyda sanoat taraqqiyoti bilan unga to’siqqa aylangan feodal yer mulkchiligiga xos qoloq ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasida ziddiyat chuqurlashdi. Omma orasida manchjurlar boshqaruviga qarshi harakat kuchaydi. Xitoy sanoati rivojlanishi ancha orqada qoldi. Shunday bo’lsa-da, har yili 50 tadan ko’proq korxona ishga tushirildi. Natijada mamlakat eksport hajmi 2 baravar o’sdi.