Orqaga

998 marta koʻrilgan

XX–XXI

XX asr oxiri — XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar

Globallashuv (globus — Yer shari) deganda umumjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuv va unifikatsiyalashuv jarayoni tushuniladi. Globallashuv obyektiv va tizimli jarayon bo’lib, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Iqtisodning globallashuvi natijasida iqtisodiy yuksalish va inqirozlar umumjahon miqyosida global xarakterga ega bo’lib bormoqda. Zamonaviy axborot tizimlari moliya kapitaliga juda tez harakatlanish, moliya bozoriga esa to’xtovsiz faoliyat yuritish imkonini yaratdi.