2
Ulashish
745 marta koʻrilgan
XX–XXI
XX asr oxiri — XXI asr boshlarida barqaror rivojlanish va etno-ijtimoiy muammolar
Barqaror rivojlanish — iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar jarayoni bo’lib, unda tabiiy resurslardan foydalanish, investitsiyalarni yo’naltirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning yo’nalishini belgilash, shaxsning rivojlanishi va institutsional o’zgarishlar bir-biri bilan moslashtiriladi, inson ehtiyojlari va intilishlarini qondirish uchun bugungi va istiqbolli imkoniyatlar kuchaytiriladi. Bulardan maqsad, albatta, kishilarning sifatli yashash darajasini ta’minlashdir. Insoniyatning barqaror xavfsiz rivojlanishi ko’p jihatdan xalqaro hamkorlikka ham bog’liq. Sanoatni energiya va resurslar sarfini kamaytiruvchi yuqori texnolgiyalarga asoslangan postindustrial tizimga o’tkazish hozirgi sivilizatsiya zimmasiga tushayotgan yukni ancha kamaytirishi mumkin.