Orqaga

918 marta koʻrilgan

XVIII–XIX

XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asr boshlarida Toshkent

XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent–Shayxontohur, Beshyog’och, Ko’kcha va Sebzor dahalariga bo’lingan. Ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Bu davr Toshkent tarixida to’rt hokimlik deb nom olgan. Shahar hokimlarining o’zaro urushlaridan tinkasi qurigan va bu kurashda Yunusxo’janing qo’li baland kelayotganini ko’rgan xalq boshqa hokimlarni mansabidan chetlatib, butun shaharga Yunusxo’jani hokim qilib ko’tardi. Yunusxo’jaga «Hazrati eshon» unvoni berilgan, xon deb ham yuritilgan.