Orqaga

917 marta koʻrilgan

XVIII–XIX

XVIII–XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi

XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana bordi. XVIII–XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarkim, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan biri Jiyen Jirov (1730–1784) edi. U mashhur baxshi, hajvchi shoir sifatida kamol topdi. «Hoy yigitlar, yigitlar» va «Yuragimda ko’p dog’im» kabi qator she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklarni, hukmron tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi.