Orqaga

822 marta koʻrilgan

XVIII asr

XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida siyosiy tarqoqlik

Buxoro xonligi Ubaydullaxon II davrida. 1702-yili Subhonqulixon vafot etgach, toj-u taxtni uning o’g’li Ubaydullaxon II (1702–1711) egallaydi. Ubaydullaxon II goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo’ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko’chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo’ldi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo’lida harakat qildi. Dastlab u Balxni bo’ysundirish yo’lini izladi. Ma’lumki, Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag’on qabilasi boshlig’i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi.