3
Ulashish
1069 marta koʻrilgan
XVII–XVIII
XVII–XVIII asrlarda ilm-fan taraqqiyoti
Aniq fanlar daholari XVII–XVIII asrlarning boshlarida aniq fanlar sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar, birinchi navbatda, ingliz olimi I.Nyuton (1642–1727) va nemis olimi G.V.Leybnis (1646–1716) nomlari bilan bog’liq. I.Nyuton 14 yoshga kirganida fan uning asosiy mashg’ulotiga aylandi. Uning fizika fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi butun olam tortishish, mexanik harakat va nurning tarqalish qonunlarini kashf etgani bilan belgilanadi. I.Nyuton 1671-yilda shisha linzani, eng katta teleskoplardan ko’ra osmon jismlarini yaxshiroq ko’rsatadigan kichkina oynali teleskopni ham ixtiro qildi. Shu tariqa olim yulduzlar olamini odamlarga yanada “yaqinlashtirdi”. Fan sohasida erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun 30 yoshga ham to’lmagan I.Nyuton Qirollik jamiyati a’zosi (akademik) etib saylandi.