Orqaga

721 marta koʻrilgan

XVI-XVIII

XVI–XVIII asrlarda Yaponiya

XVI asrda Yevropada yangi jamiyat – kapitalistik jamiyatning tarkib topishi davom etayotgan bir sharoitda Osiyo davlatlarida hamon o’rta asr feodal munosabatlari hukmron edi. Yaponiya ham bundan mustasno emasdi. XVI asr boshlarida Yaponiya o’zaro ichki urushlar oqibatida amalda qator-qator mayda davlatlarga bo’linib ketdi. 1507-yildan boshlab Yaponiya tarixida notinch davr boshlandi. Bu davr Yaponiya tarixiga “Kurashuvchi viloyatlar davri” nomi bilan kirgan. O’zaro ichki urushlar faqat 1573-yilda ikkinchi syogun Asikaga sulolasi hokimiyati ag’darilishi bilan nihoyasiga yetdi.