Orqaga

773 marta koʻrilgan

XVI–XVIII

XVI–XVIII arslarda Xitoy

XVI asrda ham Xitoyda Min sulolasi hukmronlik qilardi. Ayni shu paytda mamlakatda siyosiy holat keskinlashdi. Avvalo, jamiyat hayotini o’rta asr ishlab chiqarish munosabatlari chuqur qamrab olgan edi. Chunonchi, ishlab chiqarishda natural xo’jalik ustun edi. Bundan tashqari, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch – dehqonlarni holdan toydiruvchi ijaraga yer olib ishlash tartibi hamon chuqur ildiz otganicha qolayotgan edi. Ijara haqi hosilning 50 foizini tashkil etardi. Hukmdorning cheklanmagan hokimiyati esa barcha eski tartiblarning bosh tayanchi, har qanday yangilikning esa ashaddiy dushmani edi.