Orqaga

715 marta koʻrilgan

XVI–XVII

XVI asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini joriy etdi. Ya’ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o’z farzandlariga, qarindosh-urug’lariga, birodarlariga topshirdi. Bu haqda 3-mavzuda ma’lumot oldingiz. 1512-yilda shayboniylar Movarounnahrni tamoman egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni shayboniylarning eng nufuzli vakili Jonibek Sultonga topshirganlar. Uning ra’yiga ko’ra Samarqand Ko’chkunchixonga, Toshkent viloyati Suyunchxo’jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydulla Sultonga doimiy merosiy mulk qilib berildi.