4
Ulashish
955 marta koʻrilgan
XV–XVI
XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Xuroson va Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat
Xuroson hukmdori Shohrux Mirzo 1447-yili vafot etgach, toj-u taxt uchun kurash kuchaydi . Natijada Xuroson davlati bir necha qismlarga bo’linib ketdi. Ularning har biri o’zini mustaqil davlat deb hisoblar edi. 1469-yilda Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi. Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda to’la osoyishtalik o’matilmagan bo’lsa-da, Xuroson davlatining xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi. Mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalga oshirildi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o’rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta bo’ldi.