4
Ulashish
677 marta koʻrilgan
XV asr
XV asrda Movarounnahrda ta’lim tizimi
Temur va temuriylar davrida madrasa oliy ma’lumot beradigan markaz vazifasini bajargan. Movarounnahr va Xurosonda asosan davlat va davlatmand shaxslarning mablag’lariga qurilgan ko’plab madrasalar bor edi. Madrasada ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlar: qonunshunoslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya (handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, jo’g’rofiya, adabiyot, she’riya (ilmi aruz), arab tili va morfologiyasi (qofiya) o’qitilgan. Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars bergan. Ularga alohida ish haqi to’lanar edi. 1404-yilda Saroymulkxonim Samarqandda qurdirgan madrasa o’z hashamati bilan o’z davridagi boshqa inshootlardan ajralib turgan. Saroymulkxonim madrasasida zamonasining mashhur olimlari mudarrislik qilgan. Hirot hududining o’zidagina 36 ta madrasa mavjud bo’lgan. Bu madrasalarda va xonaqohlarda ta’lim olish uchun turli mamlakatlardan talabalar kelar edi.