Orqaga

851 marta koʻrilgan

XIII asr

Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari

Mo’g’ul urug’ va qabilalari qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin (1155–1227) nomi bilan bog’liq. 1206-yilda Onon daryosi bo’yida chaqirilgan mo’g’ul urug’ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug’ xon (qoon) deb e’lon qilinadi. Unga «Chingiz» laqabi beriladi hamda Mo’g’ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon olib borgan urushlar natijasida Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog’ (Tyanshan) tizmasining g’arbiy etaklarigacha bo’lgan viloyatlar Mo’g’ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi.