Orqaga

504 marta koʻrilgan

1345–1419

Xoja Muhammad Porso

Tasavvuf ilmining Naqshbandiya maktabi islom olamiga mutasavvuf shayxlar bilan bir qatorda yetuk olimlarni ham yetishtirib bergan edi. Ana shunday zotlardan biri Xoja Muhammad Porso al-Buxoriydir. Uning ismi sharifidagi «al-Buxoriy» qo’shimchasiga asoslanib aytish mumkinki, Porso Buxoroda tug’ilgan. U madrasalarda o’qib, Qur’on, hadis, kalom kabi turli diniy ilmlarni chuqur o’rganib, zamonasining zabardast kishilaridan biri bo’lib yetishdi va Bahouddin Naqshbanddan so’ng Markaziy Osiyoda naqshbandiya oqimining eng yirik vakili hamda targ’ibotchisi sifatida mashhur bo’ldi.