Orqaga

1402 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida qoraqalpoqlarning hududiy joylashuvi va ijtimoiy hayoti

Tarixan qoraqalpoqlar Ural, so’ngra Volga bo’ylarida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havzalari etaklarida yashab kelishgan. Ularning ko’chib yashashlariga ko’proq tashqi omillar sabab bo’ldi. Nihoyat ular XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g’arb tomonlarida muqim hayot tarziga o’ta boshlashdi. Qoraqalpoqlar goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga o’tishdi. Quyi Amudaryoning katta cho’l va suv chiqmagan cho’lga tutash sho’rxok yerlarini ular o’zlarining mashaqqatli mehnati evaziga o’zlashtirishdi.