Orqaga

1175 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati

Tinch hayot izlab bir joydan ikkinchi joyga asrlar davomida ko’chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq xalqi moddiy madaniyat yodgorliklarini to’liq saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lmagan. Xalq iste’dodini namoyon etuvchi boy og’zaki she’riy ijodiyotning janrlari ancha ko’p bo’lgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat qo’shiqlarda ifoda etilgan «otalar so‘zi» alohida ajralib turardi. Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodida kulgi qahramoni bo’lgan O’mirbek laqqi obrazi orqali razillik, yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy illatlar hajv yo’li bilan fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik ulug’langan.