Orqaga

900 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari

Amerika qit’asi shartli ravishda Shimoliy va Janubiy Amerikaga bo’linadi. Ba’zan Lotin Amerikasi iborasi ham ishlatiladi. Ma’lumki, Janubiy Amerikani ispanlar va portugallar istilo qilgandi. Ularning tili lotin tilidan kelib chiqqaniga nisbat berilib, bu materik Lotin Amerikasi deb atalgan. Lekin Lotin Amerikasi Janubiy Amerikaga nisbatan keng tushuncha. Unga Janubiy Amerikadan tashqari Meksika (Shimoliy Amerikaning bir qismi) va Vest Indiya ham kiradi (ilovaga qarang).