Orqaga

973 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Germaniya. Imperiyaning tashkil topishi

Yuqorida aytilganidek, Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda, ya’ni 1871-yilning 18-yanvarida barcha german davlatlarining monarxlari Versalda to’planib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qilishdi. Bu Germaniyaning ikkinchi marta imperiya deb e’lon qilinishi edi. Shunday qilib butun Germaniya hududining 2/3 qismida joylashgan, aholisining esa 60%i yashayotgan Prussiya monarxiyasi yetakchiligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo etildi.