2
Ulashish
871 marta koʻrilgan
XIX–XX
XIX asr oxiri–XX asr boshlarida aniq va tabiiy fanlar rivoji
XIX asr oxiri–XX asr boshlari — hozirgi zamon tabiat ilmining taraqqiy etishidagi eng muhim davrlardan biri. Tabiat to’g’risidagi fanlarning har xil sohalarida inqilobiy kashfiyotlar qilingan,olam to’g’risidagi eski tasavvurlarning ildiziga bolta urilgan davrdir. Bu davrda tabiat ilmining taraqqiy etishi ayrim mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy raqobatning kuchayishi va dunyoning yangi hududlariga iqtisodiy jihatdan kirib borishga intilishi bilan bog’langan. Tabiat to’g’risidagi aniq fanlar bu davrda ham keng ko’lamdagi tajriba asosida rivojlandi va o’z navbatida bu amaliy tajribani yangi ilmiy kashfiyotlar nuri bilan boyitdi. Ko’rib o’tilayotgan davrdan fan yanada ixtisoslashtirildi va fanning yangidan yangi maxsus sohalari maydonga keldi. Ilgarigi ayrim olingan fanlar o’zaro birlashdi.