Orqaga

1041 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Bolqon davlatlari

XIX asrning 70-yillariga kelganda janubiy slavyanlarning ko’pchiligi hamon chet el zulmi ostida ezilmoqda edi. Faqat Chernogoriya va Serbiya yerlarining bir qismigina mustaqil edi. Janubiy slavyanlar—bolgarlar, makedoniyaliklar, Bosniya va Gersegovina slavyanlari, serblarning talaygina qismi hamon turkiya hukmronligi ostida edi. Xorvatlar, slovenlar, g’arbiy slavyanlar (chex, slovak, polyak) ning bir qismi ham Gabsburglar hukmronligi ostida edi. Polyaklarning ikkinchi qismi Germaniya, uchinchi qismi esa podsho Rossiyasi zulmidan azob chekishardi.