Orqaga

896 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asr oxiri–XX asrning boshlarida adabiyot

XIX asr oxiri–XX asrning boshlarida Yevropa mamlakatlarining madaniy hayotida realistik oqim bilan dekadentlik oqimi o’rtasida kurash avj oldi. Xalq dekadentlik ruhida yozilgan asarlarni qabul qilmadi. Natijada turmushni aniq ifodalaydigan asarlarga ehtiyoj ortdi. Realistik yozuvchilar atrofdagi voqelikni dadil va haqqoniy aks ettirishga intilishdi. Shuning uchun bu davr realizm yoki ʻʻtanqidiy realizmʼʼ nomini oldi. Bu davrda rus adabiyoti namoyandalari F. M. Dostoyevskiy, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov chet ellardagi zamondoshlari uchun realistik ijodning yangi imkoniyatlarini ochib berishdi. Gi de Mopassan o’zining ʻʻHayotʼʼ, ʻʻAzizimʼʼ, ʻʻMont Oriolʼʼ va boshqa asarlari bilan fransuz adabiyot dunyosida qator ijtimoiy masalalarni mahorat bilan rango-rang bo’yoqlarda tasvirlagan ijodkordir.