Orqaga

890 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli

Xiva xonligi ustidan podsho hukumati o’zining protektorat hududi sifatida qattiq nazorat o’rnatdi. Ichki va tashqi siyosatdagi arzimas o’zgarishlarni ham Xiva xoni Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta’sis etilib, ularning to’rt nafari podsho hukumati vakillari edi. Amudaryoning avval Xiva xonligi tasarrufida bo’lgan va Gandimiyon shartnomasiga ko’ra Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tgan o’ng qirg’og’i hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo’limi tashkil qilingandi.