Orqaga

788 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligining tashqi siyosati

XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining Buxoro, Qo’qon, Afg’oniston, Eron, Hindiston va Turkiya kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalari rivojlandi. Bunga, bir tomondan, Xiva xonligi hududining o’rta osiyolik savdogarlar va Haj safariga boruvchilarning Kaspiy dengizi orqali muqaddas Маkkа va boshqa shaharlarga o’tish manzilgohiga aylanganligi, ikkinchidan esa chet davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish davlat xazinasiga yaxshigina daromad keltirayotganligi sabab bo’lgan.