Orqaga

1178 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asr oʻrtalarida oʻzbek xonliklarining ma’muriy boshqaruv tizimi

Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblanib, uning hokimiyati avloddan avlodga meros tarzda o’tgan. Amirlikni mang’itlar sulolasiga mansub cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan hukmdorlar boshqargan. Buxoro shahri amirlikning ma’muriy markazi edi. Amirlikda ijro hokimiyati bosh vazir – qo’shbegi qo’lida bo’lgan. Viloyat va tuman hokimlari qo’shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. Moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi kabi sohalarni devonbegi idora qilgan. Devonbegiga tashqi aloqalarni yuritish ham yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul mirzaboshi bo’ysungan.