Orqaga

1155 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asr birinchi yarmida Markaziy Osiyo uchun Buyuk Britaniya va Rossiya raqobatchiligi

Ingliz ekspeditsiyalardan biri U. Murkford ekspeditsiyasi 1825-yil fevral oyida Buxoroga yetib keldi. Manbalarda qayd etilishicha, ekspeditsiya tarkibida 70 kishi bo’lib, ular olib kelgan 80 sandiq turli xil mollar Buxoro qo’shbegisiga ko’rsatilgan. Inglizlar Buxoro xonligini har tomonlama o’rganishga, mahalliy hukmdorlar orasida inglizlarga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo’lgandi. Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya hukmron doiralari tashvishga tushdi. Natijada Rossiya hukumati Buxoro amiri Haydarga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildiradi.