Orqaga

1195 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi

XIX asrda O’rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mavjud edi. Bular Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklaridir. Bu davlatlarda ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, savdo-sotiq va boshqa sohalar rivojlangan bo’lsa-da, ularning taraqqiyoti ilg’or Yevropa davlatlari darajasidan past edi. Amirlik poytaxti islom dini markazlaridan biri bo’lib, «Buxoroi Sharif», ya’ni «Muqaddas Buxoro» nomiga ega bo’lgan. Amirlik chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg’og’idan boshlanib, shimolda Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho’zilgan.