Orqaga

793 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Hindiston

Hindiston bu davrda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. U Hindistonni vitseqirol boshchiligidagi amaldorlar va politsiya yordamida boshqarardi. Ingliz mustamlakachiligi sharoitida Hindistonda sarmoyadorlikka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tizimi yuzaga kela boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi. 1886-yilda to’qimachilik sanoatida 95 ta fabrika bor edi. Konlar soni, temiryo’l tarmoqlari ko’paydi. Bu narsa xomashyo tayyorlash va tashishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Buyuk Britaniya Hindistonda sanoatni o’ziga qulay qilib joylashtirishga harakat qildi.