Orqaga

750 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Afgʻoniston

70-yillarda Afg’oniston Rossiya bilan Buyuk Britaniya o’rtasida bahsga sabab bo’lgan mamlakat bo’lib qoldi. 1873-yili Buyuk Britaniya Hindiston–Afg’oniston chegarasida harbiy kuch to’play boshladi. Afg’oniston amiri Sheralixon Rossiyadan yordam so’rab, elchi yubordi. Rossiya bunga javoban kichik harbiy qismini chegaraga yaqin joylashtirdi. Kobulga esa general Stoletov boshchiligida elchilik missiyasi yuborildi. Biroq bundan ortiq harakatlarga jur’at etolmadi. Bunga O’rta Osiyoni to’la bo’ysundirish hamda yaqinlashib qolgan Rossiya–Turkiya urushi muammolari imkon bermadi.