Orqaga

969 marta koʻrilgan

XVII–XVIII

Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti

Xiva xonlig’da Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, u «Ming gumbaz shahri» nomi bilan ham mashhurdir. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida 2 ta xon saroyi, 17 ta masjid va 22 ta madrasa mavjud bo’lgan. 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda UNESCO 1995-yilda qaror qabul qilgan edi. Bu qaror — Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o’rnining e’tirofi bo’ldi. Bugungi avlod o’z ota-bobolarining madaniy meroslari bilan haqli ravishda faxrlana oladi.