Orqaga

743 marta koʻrilgan

1920-yil

Xiva xonligining tugatilishi

Turli xildagi jabr-zulmlar natijasida dehqonlarning kuchayib borayotgan noroziligi soliqlarni to’lashdan, majburiyatlarni bajarishdan ommaviy bosh tortish, yirik zamindorlar yerlarini egallab olish, soliq yig’uvchilar va xonlik ma’muriyatining boshqa namoyandalariga hujum qilish holatlarini ko’paytirdi. Dehqonlarning chiqishlari yer egalari amaldorlarining uylarini vayron qilish, qarz tilxatlarini yirtib tashlash va soliq yig’uvchilarni quvib yuborish bilan birga kechgan stixiyali isyonlar tarzida yuz berardi. Vaqt o’tgan sayin xon hokimiyati va mahalliy ma’murlar suiiste’mollari zo’rayishi barobarida dehqonlar chiqishlarining uyushishi va ommaviyligi ham o’sib bordi.