Orqaga

771 marta koʻrilgan

XVI–XVII

Xiva xonligining tashkil topishi

Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro hukmdor bo’lgan Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmga qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim etib tayinlangan va u rasman Husayn Boyqaro noibi hisoblanardi. 1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldi. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukmronligiga qarshi kurash boshlashgan. Bu kurashda ular dashti qipchoqlik siyosiy kuchlar madadiga suyangan. Ayni paytda Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o’g’li, dashti qipchoqlik Elbarsxonni o’tqazishga qaror qilishdi.