Orqaga

887 marta koʻrilgan

XVIII–XIX asr

Xiva xonligida shaharlar hayoti

XVIII asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmi–XIX asr boshlarida katta ko’lamdagi sug’orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishiga asos bo’ldi. Bu hodisa, o’z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o’sishiga sabab bo’ldi. Biroq bu o’sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo tenglashtirib bo’lmasdi. Bu davr — G‘arbiy Yevropa davlatlari hayotida tub sifat o’zgarishlar davom etayotgan davr edi.