Orqaga

620 marta koʻrilgan

XIII–XIV

XIII asr oʻrtalarida Chigʻatoy ulusining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

XIII asr o’rtalarida Chig’atoy ulusining mo’g’ul amaldorlari doirasida o’troq hayot tarziga o’tish boshlanadi. Shu bilan bir qatorda, shahar hayotiga yaqinlashish va mahalliy o’troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo’g’ulistonning ulug’ xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to’g’risida maxsus farmon – yorliq chiqaradi. Yomlar bo’ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanadi. Aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi. Shuningdek, elchilar bo’ynida topshiriq bo’lmagan payt shahar yoki qishloqlarga kirmasligi uqtiriladi. Aholidan elchilar uchun belgilangandan ortiqcha yem-hashak hamda oziq-ovqat olmaslik tayinlanadi. Shu tariqa aholi o’zboshimchalik bilan yig’ib olinadigan hisobsiz to’lovlardan ozod bo’ladi.