2
Ulashish
820 marta koʻrilgan
m. a. 25 000-yil
Xaritashunoslikda inqilob
Bugungi kunda xarita tuzuvchining tasavvur eta olish qobiliyati inson ko‘zi ko‘radigan narsalar bilan chegaralanib qolmagan. Xarita yaratish istiqboli yelkanli kemadagi qargʻa uyasidan tortib togʻ cho‘qqisi va samolyotning “yangi orbital balandligiga” qadar koʻtarildi. Mikroto‘lqinli radio signallarni maʼlum bir sirtdan uzatib, uning kontur (sirtqi koʻrinish) va teksturasi (tuzilish, tarkibi) tasvirini yaratadigan radar (radiotoʻlqinlar yordamida biror obyektning turgan joyini aniqlovchi qurilma) o‘rmon daraxtzorlari ichiga kira oldi va Venera sayyorasi tog‘larining birinchi xaritalarini yaratdi.
Sonar (suv ostidagi narsalarni toʻlqin joʻnatish orqali bilish qurilmasi) hamda radar kombinatsiyasi dengiz tubining xaritalarini tuzib chiqdi va birinchi marta Yerning katta qismini xaritaga joylashtirdi. “Bu AQSH aholisi uchun butunlay boshqacha dunyo”, — deydi Joel Morrison, AQSH aholini ro‘yxatga olish byurosining geografiya bo‘limi boshlig‘i, — “Xarita ishlab chiqaruvchilar sifatida bizning kelajagimiz hatto bundan o‘n yil keyin ham noaniq holatda qoladi”.
Dunyodagi eng katta xaritalar toʻplami Vashingtondagi Kongress kutubxonasi yertoʻlasida joylashgan. U yerdagi 4,6 mln donagacha xarita varaqlari va 63 000 atlasdan iborat to‘plam Gollandiya kartografiyasining (xarita chizish) oltin davri faxri bo‘lmish murakkab chizilgan xaritalarning ajoyib to‘plamlarini o‘z ichiga oladi. Olimlar o‘quv zalida nafis qogʻozlarni ehtiyot qilish uchun qoʻllariga yupqa paxta tolali qoʻlqoplarni kiyib, kattalashtiruvchi ko‘zoynaklar yordamida qadimiy xaritalarni ko‘zdan kechirmoqda. Odamlar xona bo‘ylab kompyuter ekrani qarshisida o‘tirib, eng so‘nggi xaritalarni o‘rganadi. Ajoyib va tengsiz xotiraga ega boʻlgan kompyuterlar odamlar, joy va atrof-muhit haqidagi maʼlumotlarni, xaritalarga oid ishlarni saqlashga qodir va deyarli bir zumda zarur geografik kontekstda maʼlumotlar ekranda ko‘rsatiladi va tugmani bosgandan so‘ng xarita chop etiladi.
Sferik (sharsimon) yerni o‘lchash jarayoni ilmiy kartografiyadagi birinchi muhim bosqich hisoblanadi. Bu ishni birinchi marta miloddan avvalgi III asrda Misrdagi mashhur Iskandariya kutubxonasi olimi, yunon astronomi Eratosfen uddalagan. U yer aylanasini 40 555 km deb hisoblab chiqdi, bu o‘sha vaqt uchun juda aniq miqdor edi. Aylana uzunligi esa 40 008 km ekani maʼlum bo‘lgan.
Eramizdan avvalgi II asrida faoliyat olib borgan astronom va geograf Ptolemey o‘zigacha bo‘lgan olimlar g‘oyalariga asoslanib, xaritalarni kenglik va uzunlik turlariga ko‘ra tashkil qilish tizimini sodda qilib taʼrifladi. Bugungi kunda kenglik parallellari (yer yuzasida ekvatorga parallel oʻtkazilgan shartli doira chizigʻi) ko‘pincha 10 dan 20 gradusgacha va meridianlar (yer yuzasida har ikkala qutb orqali oʻtadigan faraziy yarim aylana chiziq) 15 gradus oralig‘ida joylashgan va bu zamonaviy vaqt mintaqasining kengligi uchun asos hisoblanadi. Ptolemeyning yana bir merosi masshtabga mos xaritalar yaratish bo‘yicha kartograflarga bergan maslahatidir. Zamonaviy xaritalardagi masofa haqiqiy masofaning ulushi yoki nisbati sifatida ifodalanadi. Ammo avvalgi davrdagi xarita yaratuvchilar Ptolemeyning ilmiy tamoyillariga amal qilish uchun geografik bilimga ega emas edi. Hatto hozir ham tadqiqotchilar dyumgacha boʻlgan aniqlikka erishgan boʻlsa-da, sunʼiy yo‘ldosh potensial raketa nishon bilan oyoqlar orasidagi masofani aniq ifodalay olsa ham, xaritalar ayni hududni ifodalashda biroz ojizlik qiladi.
Biroq kompas navigatsiya faoliyatini rivojlantirgani va foydali jadvallarga bo‘lgan talabni yaratganidek, XV asrda bosmaxonaning ixtiro qilinishi odamlarning qo‘liga koʻproq xaritalar yetib borishiga zamin yaratdi. Shu tariqa xaritalarni geografiyadan koʻra koʻproq ilohiyotni tasvirlashga moyil bo‘lgan rohiblardan tortib oldi. Okean kemalarining yaratilishi kashfiyotlar asrini boshlab berdi, xaritaga tushishi mumkin bo‘lgan va kerak bo‘lgan narsalarni kengaytirdi hamda intellektual ruh va dunyoni bilish istagini uyg‘otdi. Marko Polo kabi sayohatchilarning xabar berishicha, milodiy 931-yilda Iskandariya kutubxonasi talon-taroj qilinganidan keyin qaydnomalari saqlanib qolgan Ptolomeyning arablar tomonidan qayta kashf etilishidan ilhomlangan xarita yaratuvchilar XV asrda ilohiyotni asta-sekin uzoq joylar haqidagi bilimga almashtirdi.
XVI asrning eng yirik kema ishlab chiqaruvchisi Gerxardus Merkator meridian va parallellarni joylashtirishning shunday texnikasini ishlab chiqdiki, navigatorlar ikki nuqta oʻrtasiga toʻgʻri chiziqlar chizib, ular orasidagi doimiy kompas yoʻnalishini boshqara olardi. Uning 1569-yilgi jahon xaritasiga kiritilgan bu oʻzgartirish formulasi “Grenlandiya muammosi” ni yaratdi. Hatto bugungi kunga qadar baʼzi standart xaritalarda Grenlandiya Janubiy Amerika kabi katta ko‘rinadi bu — dumaloq dunyoni tekis qog‘ozda tasvirlashga urinishlar paytida yuzaga kelgan ko‘plab muammolardan biri. Ammo Merkator proyeksiyasi (taxmin, moʻljal, kutilgan koʻrsatgich) shu qadar amaliyotga asoslangan ediki, u hali ham dengizchilar orasida mashhurligini saqlab qolgan.
Kassini oilasi — ota, oʻgʻil, nabira va chevaraning yutuqlari tufayli yerni ilmiy kartografiyalash (xaritalash) oʻz-oʻzidan paydo boʻldi. XVII asr oxirida asli italiyalik asoschi Jan-Dominik Yupiterning yoʻldoshlarini kuzatish asosida uzunlikni aniqlashning murakkab usulini ixtiro qildi. Ushbu texnikadan foydalangan holda geodezistlar Fransiyaning aniq xaritasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Oila qurg‘oqchil fransuz qishloqlari xaritasini tuzishda davom etdi, uning nevarasi nihoyat 1793-yilda Fransiya inqilobi paytida mashhur Kassini xaritasini nashr etdi. Garchi u avvalgi xaritalarning badiiy jozibadorligidan mahrum etilgan bo‘lsa-da, yo‘l, daryo, kanal, shahar, abbey, uzumzor, ko‘llar va hatto shamol tegirmonlarini ko‘rsatadigan ijtimoiy va geografik xaritaning modeli edi. Ushbu yutuq yordamida Fransiya ilmiy usullar bilan to‘liq xaritaga tushirilgan birinchi davlat bo‘ldi.
Shu davrdan boshlab xarita yaratish sohasi uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi geodezistlar navigatsiya sunʼiy yo‘ldoshga ulanmagan holda kamdan kam paytda ish maydoniga boradi. Ularning qo‘l qabul qilgichlari xaritalashning yangi texnologiyalaridan eng taniqlisi bo‘lib, AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va hozir ham boshqarilayotgan sunʼiy yo‘ldosh tizimidan kartograflar tobora ko‘proq foydalanmoqda. Hatto oddiy sayyoh, dengizchi va tadqiqotchilar qayerda ekanligi haqida maʼlumot olish uchun undan foydalanishi mumkin. Qabul qiluvchilarning soddalashtirilgan fuqarolik versiyalari bir necha yuz dollarga sotiladi va ular baʼzi avtomobillarda mavjud bo‘lgan elektron xarita displeyining yuragi hisoblanadi. Kartografiya sohasi kosmik chegaralarga intilmoqda, ammo uning maqsadi qanchalik uzoq bo‘lmasin, “u yerda” gi joyga nisbatan “bu yerda” tuyg‘usini bildirishdir va qanchalik olis boʻlmasin har doim shunday bo‘lib kelgan.
Muqova surat: unsplash.com