Orqaga

762 marta koʻrilgan

XIX–XX

XIX asr oxiri–XX asr boshlarida xalq ta’limi, gumanitar fanlar, san’at

XIX asr oxiri–XX asr boshlarida texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirib yubordi. Rivojlangan mamlakatlarda 12–13 yoshgacha bo’lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o’qitish joriy qilindi. Bu omil aholi savodxonligining oshishiga olib keldi. Imtiyozli o’quv yurtlari tarmog’i kengaydi. Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy-joy sharoitlari, bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mamlakatlarda ko’plab bolalarni o’qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni tashlab ketishga majbur qilardi. Ayni paytda ta’lim sohasidagi salbiy jihatlarni ham ko’rmaslik mumkin emasdi. Chunonchi, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni millatchilik, irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi. Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlarida xalq maorifi tizimi irqchilik ruhida edi.