0
Ulashish
880 marta koʻrilgan
VIII asr
Xalifalikka qarshi xalq noroziligi
Xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi. Arablar tomonidan madaniyat oyoqosti qilindi. Arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalari joriy etildi. Buning natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib boradi va qo’zg’olonlar ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717–719) murakkab vaziyatni hisobga olib, yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo’ladi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to’xtatish hamda moliyaviy islohot o’tkazish to’g’risida farmon beradi. Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahrdagi zodagonlarning ko’pchiligi o’zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to’lamay qo’yadi. So’ngra xalifalik ma’muriyati bir yo’la hammadan jizya olish haqida buyruq beradi.