Orqaga

803 marta koʻrilgan

X–XII

X–XII asrlarda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda adabiyot

X–XII asrlarda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og’zaki adabiyoti bilan bir qatorda yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator asarlar bitildi. Ulardan eng nodirlari Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmat» kabi asarlaridir. Bu davr turkiy adabiy tili eski o’zbek va uyg’ur tillarining vujudga kelishida ham muhim bosqich bo’ldi.