Orqaga
Walmart arzon narxi va hamma turdagi mahsulotlarni bir joyga jamlagan savdo markazi boʻlgani bilan shuhrat qozongan edi.

827 marta koʻrilgan

1945-yil

Walmart

Elektron tijorat paydo boʻlishidan ancha oldin Arkanzas shtatining (AQSh janubidagi shtat) Bentonvill shahrida bir kompaniya mavjud edi. Kompaniya “Har doim arzon narx. Har doim!” shiori bilan tijorat maydoniga oʻsha vaqtda oʻziga tegishli boʻlgan, oilaviy tashkil etgan arzonroq narxda savdo qiluvchi doʻkonlarini taklif qilib chiqdi.

Walmart arzon narxi va hamma turdagi mahsulotlarni bir joyga jamlagan savdo markazi boʻlgani bilan shuhrat qozongan edi. Kompaniya kichik shaharcha supermarketlari sonini agressiv ravishda qisqartirish orqali bozor ulushini tezlik bilan egalladi. 2001-yilga kelib, Walmart daromad boʻyicha Exxon Mobilʼni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik kompaniyaga aylandi. Dunyo hukmronligining eng yuqori choʻqqisidan tortib to xalqaro kengayishning eng past darajasigacha Walmart biznesi, shubhasiz, eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Qanday boshlangan?

Sem Uolton harbiy xizmatdan ozod etilganidan keyin 1945-yilda oʻzining Ben Franklin birinchi universal doʻkonini ochdi. Koʻp oʻtmay, uning isteʼdodi biznesi tezda uch baravarga kengayganidan soʻng namoyon boʻldi. Uolton savdo hajmini kengaytirish maqsadida Ben Franklinʼga arzon narxlar toʻgʻrisidagi gʻoyalarini taklif qildi. Kompaniya direktorlari pastroq narx strategiyasini qoplash uchun foydalar qisqartirilishini anglab, tezda uning ogʻzini yopdi. Ben Franklinʼdan hafsalasi pir boʻlgan Uolton 1962-yilda ukasi Bud bilan mustaqil ravishda Walmart kompaniyasini ochishga qaror qildi. Walmart 70-yillarning boshlariga kelib, Amerikaning oʻrta gʻarbiy qismida 30 ta doʻkongacha kengaytirildi va Ben Franklin direktorlarining notoʻgʻri yoʻlda ekanini isbotladi.

Walmart arzon narxi va hamma turdagi mahsulotlarni bir joyga jamlagan savdo markazi boʻlgani bilan shuhrat qozongan edi.

Uolton (oʻngda) va AQSH 43-prezidenti Jorj H. V. Bush (chapda) 1992-yil martida / wikipedia.org

Shaharlarda Two Guys, W.T.Grant (Grants — Uilyam Tomas Grant asos solgan ommaviy savdo doʻkonlari tarmogʻi) va Zayre (hozirda hammasining faoliyati toʻxtagan) kabi chegirmali chakana savdo doʻkonlari mavjud edi. Walmart ular bilan raqobat qilish oʻrniga bor eʼtiborini hali savdo do‘konlari tomonidan egallanmagan qishloq hududlariga qaratdi. U yerdagi odamlar oziq-ovqat xaridi uchun sarflaydigan bir necha soat vaqtini mahalliy Walmart doʻkonidan savdo qilish orqali bir necha daqiqagacha qisqartirishi mumkin boʻlgan. Walmart 90-yillarga kelib AQShning deyarli barcha 50 shtatida mavjud boʻlgan dominant biznes sifatida oʻzini namoyon qildi. Kompaniya asoschisi Sem Uolton 1992-yilda vafot etgan. Biroq uning hali ham 2,2 milliondan ortiq ishchisi, 11 000 ga yaqin doʻkoni va yillik 500 milliard dollarga teng sotuvi meros sifatida ulkan Walmart kompaniyasining hisobida qolmoqda.

Biznes modeli

1. Har kuni arzon narx

Har kuni arzon narx — (EDLP — Every Day Low Price) Walmart strategiyasining ustuni. Garchi bu hozir hammaga ayon boʻlsa-da, oʻsha paytda chakana savdo bilan shugʻullanuvchilar nisbatan yuqori foyda bilan ishlagan. Bu esa sotuv hajmi pasaygan holatlarda ham yuqori daromadni kafolatlagan. Walmart esa aksincha yoʻlni tanlab, yuqoriroq savdo hajmini va xarajatlarni kamaytirishni talab qiladigan savdo usulini taklif qilgan. Oʻz navbatida, har kungi past narxlar chegirmalardan qochishni anglatadi. Shuning uchun isteʼmolchilar Walmartʼga koʻproq sodiq qoladi. Biznes uchun bu — barqaror pul oqimi, yuqori daromad va katta foydani anglatadi. Narxlar strategiyasidan tashqari, Walmart universal xarid qulayligini ham taklif qildi, yaʼni kompaniya oziq-ovqat va kiyim-kechakdan tortib video oʻyinlargacha boʻlgan keng assortimentdagi tovarlarni taqdim qildi.

2. Raqobatni tekshirish

Anʼanaviy biznes maslahatlari eng yaxshi mahsulot yoki xizmatni yaratishga qaratilgan. Sem Uolton ham, albatta, shunday qildi, lekin u raqobatni tekshirish uchun ham vaqt ajratdi. Mashhurlikni baholash uchun yashirin tarzda yigʻilgan maʼlumotlar toʻxtash joylaridagi mashinalar sonini hisoblash, javon maydonini oʻlchash va bir nechta chakana sotuvchilarda sotuv narxlarini qayd etishni oʻz ichiga oladi. Bu unga nafaqat raqobatchilarni yaxshiroq tushunishga yordam berdi, balki isteʼmolchilarni Walmartʼga yoʻnaltirish uchun qachon narxlarni pasaytirish kerak ekanini aniqlashga imkon berdi.

3. Ishchilarning vakolatini oshirish

Korporativ ofislar har bir doʻkonning takliflarini belgilash oʻrniga Walmart mahalliy ekonomi menejerlariga ushbu qarorlarni qabul qilish huquqini beradi. Har bir menejerga inventar (sotiladigan mahsulotlar) darajasi, savdo ko‘rsatkichi va mijozlarning afzalliklari to‘g‘risida juda ko‘p maʼlumotlar beriladi. Ular esa eng yaxshi inventarizatsiya, narx va mahsulotlar takliflarini aniqlash uchun tahlil qiladi va shu yo‘l bilan xaridorlarning qoniqishini oshiradi. Masalan, HBM (Harvard biznes maktabi — G‘arb mamlakatlari siyosiy iqtisodida Birinchi jahon urushidan so‘ng vujudga kelgan yo‘nalish) keysiga ko‘ra: Dastlab 1980-yillarning o‘rtalarida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Walmart va Kmart bir-birining yonida joylashganida Walmartʼning narxlari taxminan 1 foiz pastroq bo‘lgan. Walmart, Kmart va Target 4–6 milya masofaga ajratilganda, Walmartʼning o‘rtacha narxi mos ravishda 7,6 foizga pasayib, 10,4 foizni tashkil qilgan. Walmartʼning narxi katta ulgurji savdo do‘konlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatga ega bo‘lmagan, uzoqda joylashganida Kmart yonidagiga qaraganda 6 foizga yuqori bo‘lgan. Mahalliy menejerlar vakolatlarining bu tariqa kengaytirilishi bozordagi eng raqobatbardosh narxlarni taʼminlash va daromadni maksimal darajada oshirish imkonini berdi. Aytish joizki, ular “Har doim arzon narx” shioriga amal qildi. Har doim!

4.Tarqatish

Walmart 80-yillarda tovar texnologiyalari sohasida yetakchilik qilgan. Ular yagona mahsulot kodlarini (UPS — Uniform Product Codes), radiochastota texnologiyasini va kompyuterlashtirilgan inventarizatsiya tizimini joriy qildi. Bularning barchasi biznesni rivojlantirdi. Kompaniyaning yana qisqarishni kamaytirish (o‘g‘irlik, xatolar va hokazolar tufayli inventarning yo‘qolishi), aloqani yaxshilash va to‘g‘ri narxlash kabi afzalliklari mavjud edi.

Walmart arzon narxi va hamma turdagi mahsulotlarni bir joyga jamlagan savdo markazi boʻlgani bilan shuhrat qozongan edi.

“Walmart” ning 1962-yildan hozirgacha oʻzgargan logotip evolyutsiyasi / wikipedia.org

Logistika sohasiga kelsak, Walmart taʼminot zanjirining saqlash qismini olib tashlaydigan kross-docking deb nomlangan texnikani qo‘llagan birinchi kompaniyalardan biri edi. Oddiy qilib aytganda, mahsulotlar yetkazib beruvchilardan qabul qilinadi, saralanadi va to‘g‘ridan to‘g‘ri do‘konga bog‘langan yuk mashinalariga qayta yuklanadi. O‘z navbatida, bu jarayon taʼminot zanjirini tartibga solish bilan birga mehnat va saqlab turish xarajatlarini kamaytirdi.

Asosiy xulosalar

Oldingi safdagi xodimlarni tinglang. Mijoz bilan jonli suhbatda gaplashadigan sotuvchilar eng yaxshi maʼlumot manbalari hisoblanadi. Garchi ular so‘nggi yigirma yillikda yetishmayotgan bo‘lsa-da, texnologiyaga sarmoya kiritish ularning 80–90-yillarda bozor yetakchisi sifatidagi mavqeyini mustahkamladi. Xarajatlaringizni raqobatchilardan yaxshiroq nazorat qiling. Bu yerda siz har doim raqobatbardosh ustunlikni topishingiz mumkin. Sem Uoltonning dastlabki yillarda eshitgan narsasi — qishloq joylari chegirmali do‘konni qo‘llab-quvvatlay olmasligi edi. Ko‘p o‘tmay, ko‘p raqobatchilar bunga ergashdi. Elektron tijoratning o‘sishi ularni hayratda qoldirgan bo‘lsa-da, resurslar va infratuzilma chinakam kurash olib borishga imkon beradi.



Muqova surat: wikipedia.org