Orqaga
Vizantiya imperiyasining tashkil topishi.

778 marta koʻrilgan

395-yil

Vizantiya: G’arb va Sharq orasida

Vizantiya – Rim imperiyasi vorisi bo’lib, imperiyaning sharqiy hududlarida vujudga kelgani uchun u Sharqiy Rim imperiyasi deb ham ataladi. Vizantiyaga ham Yevropa, ham Osiyo hududlari kirganligi bois uni G’arb va Sharq orasidagi mamlakat deyish ham mumkin. Ma’lumki, Imperator Feodosiyning o’g’illari 395-yilda Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga: G’arbiy Rim imperiyasi va Sharqiy Rim imperiyasi – yana bir nomi Vizantiyaga bo’lib olishadi. Konstantinopol shahri o’rnidagi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizantiy nomidan kelib chiqib ko’pincha Vizantiya deb ham atashgan.