Orqaga

1010 marta koʻrilgan

VI–VII

VI–VII asrlarda madaniy hayot

Bu davrda Sug’d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo’lgan. Sug’d va xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan edi. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan bo’lib, 25 harfdan iborat edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog’och, sopolga va kamdan kam hollarda qog’ozga bitilardi. Chunki qog’ozning bahosi nihoyatda qimmat edi. Ayrim bitiklar esa hatto podshoh podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo’jalik kirim-chiqimlari, huquqiy shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo’lyozma topilmalar bor.