Orqaga
Vertolyot tarixi haqida.

1081 marta koʻrilgan

1912-yil

Vertolyot

Vertolyot yoki tikuchar gorizontal parraklar yordamida ko’tariluvchi va harakat etuvchi havo kemasidir. Vertolyot atamasi ruscha вертолёт (aylanma uchoq) so’zidan olingan. Vertolyot — tikka ko’tariladigan va qo’nadigan havodan og’ir uchish apparati; unda ko’tarish kuchini bitta yoki bir nechta (ko’pincha, ikkita) eltuvchi vint vujudga keltiradi. Vertolyot turgan joyidan ko’tariladi, tikkasiga pastlab qo’nadi, osmonda bir joyda muallaq turishi, vertikal o’q atrofida istalgan tomonga burilishi, xohlagan yo’nalishda to’g’ri uchishi mumkin. Vertolyotni ninachiga qiyosan yasashga ko’p urinishlar bo’lgan. Dastlabki urinish 15-asrga to’g’ri keladi. Vertolyotning birinchi rasmi italyan olimi Leonardo da Vinchi qo’lyozmalaridan birida topilgan. U gelikopter (yun. heliros — spiral, vint va pteron — qanot) yasash g’oyasini bergan, lekin uni amalga oshirolmagan. Yuqoriga ko’tarila oladigan dastlabki Vertolyot (gelikopter) modelini rus olimi M. V. Lomonosov 1754 yilda yasagan. Unda dvigatel rolini prujina o’tagan, uning ikki tomonga aylanadigan ikki vinti bo’lgan.