Orqaga
Versal tinchlik shartnomasi haqida.

574 marta koʻrilgan

1919-yil

Versal tinchlik shartnomasi. Birinchi jahon urushi yakunlari

Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Parij tinchlik shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilari bilan alohida uzilgan besh ayri shartnomadan iborat edi. 1919-yilning 28-iyunida Versal saroyining Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Germaniya va uning ittifoqchilari urush aybdorlari deb e’lon qilinadi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari, asosan, Angliya, Fransiya va Belgiya o’rtasida taqsimlandi. Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini qayd etgan Versal shartnomalar tartibi shu tariqa shakllandi.