© 2023

Vinsent Van Gog
1853–1890

Vinsent Van Gog

Gollandiyalik rassom

Bugungi kunda Van Gogning hayoti va ijodi hech kim uchun sirli holat boʻlmay qolgan, chunki u haqida tadqiqotlar olib borilgan, hujjatlar nashr qilingan. Uning ukasi, Teo Ioganning rafiqasidan ularning yozishmalarini tizimga solib, nashr qildirgani, Teoning ogʻli muhandis Vinsent Villem Van Gogga rassomga tegishli barcha nashrlarning fundamental va toʻliq jamlanmasini tayyorlagani uchun minnatdorchilik bildirishimiz kerak. Bu materiallarning barchasi va oila aʼzolarining shaxsiy qaydlari Van Gogning qisqa, ammo mazmunli hayotini birmuncha toʻliq oʻrganish imkonini beradi. Shunga qaramay, rassomning oxirgi, oʻlimi bilan bogʻliq tushunarsiz harakatlari hanuz bahslarga sabab boʻlmoqda.

Mutaxassislar hamon XIX—XX asr xorijiy rassomlari orasida Van Gogning oʻrnini belgilay olmagan. Biz uning taqdirida sanʼatdagi ikki oqim — impressionizm va postimpressionizm orasida boʻlgani muhim ahamiyat kasb etgani va shu bilan oʻzining sanʼatdagi oʻrnini egallab turganini qayd eta olamiz.27 yoshgacha Van Gog rassom boʻlmagan, uning sanʼatdagi faoliyati 10 yil bilan cheklanadi. Shunga qaramay, bu yillar ancha mahsuldor va bir necha bosqichlarga boʻlingan boʻlib, har biri rassom iqtidorining bir qismini ochib beradi.

Vinsent koʻp bolali pastor (protestant cherkovi ruhoniysi) oilasida tugʻilgan. Uning otasi koʻp daromad keltirmaydigan sohada ishlagani uchun ham oilasini yaxshi taʼminlay olmasdi, shuning uchun katta oʻgʻli yaxshiroq joyda ishlashiga intilardi. Vinsent 16 yoshida maktabni tugatmasdan, qarindoshlarining tavsiyasi bilan Gaagadagi Gupil tasviriy sanʼat va savdo firmasida, keyinroq uning Londondagi boʻlimida komissioner (suratlar boʻyicha kichik savdogar) boʻlib ishlaydi. Ayni oʻsha vaqtda unda sanʼatga boʻlgan ishtiyoq paydo boʻlib, u rasm chizishni boshlaydi. Lekin oʻzi yashagan pansion bekasining qiziga boʻlgan javobsiz muhabbati Vinsentda chuqur depressiyaga sabab boʻlgan. Avvaliga uy egalari unga yordam berishga harakat qilib, joy almashtirish yosh yigitga yordam beradi degan xayolda, uni Parijga koʻchirishadi. Ammo Vinsent u yerda ham halovat topolmay, oxir-oqibatda joyidan ayriladi. Ukasi Teo ham uning izidan boradi, ammo uning makon almashtirishga unchalik xushi yoʻq boʻlib, bundan tashqari akasidan farqli ravishda qattiq ishlardi. Oʻsha yillarda Vinsent rassomning buyuk vazifasini amalga oshirishga qaram boʻlib qolgandi. Hayotni yaxshiroq tushunish uchun qisqa vaqt Angliyaning kambagʻal tumanlarida oʻqituvchilik qiladi.

Tez orada teologiyani oʻrganish uchun bu mashgʻulotni tashlaydi. Vinsent oʻzidagi tiyiqsiz ishtiyoq tufayli oʻqishini tamomlay olmagan boʻlsa-da, Borinaj (Belgiya) konchilik tumanida voiz boʻlib ishga joylashadi. Oddiy konchilarning manfaatlarini himoya qilib, Vinsent cherkov rahbariyati bilan nizoga boradi va tez orada bu ishidan ham ayriladi. Aslida, buning unga ahamiyati qolmagan edi. U oʻzini butunlay sanʼatga bagʻishlashga qaror qiladi. Van Gog ijodining birinchi davri — bu ongli ravishda boʻyoqlardan foydalanmasdan, oʻz qahramonlari — konchi, dehqon va hunarmandlarning ichki holatini yetkazib berishga intilgan davri hisoblanadi. Bu davrning oʻziga xos tashrif qogʻozi boʻlib “Kartoshka tanovuli” surati xizmat qiladi. Qizigʻi shundaki, vaqti-vaqti bilan rassom taʼlim olishga harakat qiladi: Gaagada mashhur rassom A.Mauvga murojaat qiladi, Bryussel va Antverpenda akademik darslarga qatnashadi. Shularga qaramay, akademik qoidalar, chiziqlarga boʻysunmasdan, oʻz bilganicha, oʻziga ustoz deb bilgan Delakrua singari ovalsimon tarzda chizishda davom etadi. Aynan oʻtmishning buyuk rassomlaridan oʻrganish, muzeylarda ishlash Vinsentni rassom qilib yetishtirdi. Van Gog asta-sekinlik bilan oʻz ishlarida yorqinlik paydo qilishga

erishadi, shunda ham Rembrandt suratlaridagi yorqinlik uni oʻziga koʻproq jalb etardi. Ukasi, Teoning yordami bilan u pulga muhtojlik sezmaydi, ammo ishi uchun oʻzini hamma narsadan cheklab, bor pulini xolst, boʻyoq va modellarga sarflaydi.

Uning ijodidagi burilish nuqtasi 1886-yildan 1888-yilgacha davom etgan Parij davri hal qiluvchi boʻlgan. U impressionistlar oʻz mashhurligi choʻqqisiga erishgan paytda rassomlar olamiga kirib boradi. Van Gog oʻzini tajribasiz his qilmaydi. Keyinchalik F.Pissarro oʻgʻli Lyusyenga: “Men Van Gogning yo aqldan ozishini, yo barchamizdan ilgarilab ketishini bilardim, ammo har ikkalasini ham qilishini taxmin qilmagandim”, — deydi.
Bu paytda Vinsent oʻzi uchun ikkita muhim kashfiyot qiladi. Sanʼatda rang u uchun asosiy narsaga aylanadi, asosiy ranglarni yordamchi ranglar bilan, sovuq ranglarni iliq ranglar bilan qoʻsha boshlaydi va hayratlanarli natijalarga erishadi. Oʻz ehtiyojlarini aniqlash uchun u yapon estamplari yoʻlini bosib oʻtadi va bu bilan boshqa avangard oqim namoyondalaridan ancha oldin oʻzi uchun Sharqni kashf qiladi. Bir qancha omadsizliklardan soʻng, Van Gog rassomning oilasi boʻlmaydi degan fikrga keladi. U tasodifiy aloqalar bilan kifoyalanadi, endi haqiqiy hayot

uni oilaga olib bormasdi. Biroz vaqtdan keyin Van Gog Fransiyaning janubiga borishni oʻylab qoladi, bu bilan mustaqil ishlab, oʻzini qanchalik namoyon qila olishini tekshirmoqchi edi. Uning vaqtinchalik boshpanasi, Arl — janubiy kichik shaharchasi boʻladi. Bu yerda u birin-ketin oʻzining bogʻ, kungaboqar, tungi kafe, rassomning uyi, Ronadagi tun kabilar tasvirlangan, mashhur suratlarini yaratadi. Ularning hammasi tugallangan boʻlsa ham, Van Gog bu ishlarini shunchaki etyudlar deb hisoblardi. Uning har bir portreti insonning toʻliq va chuqur tavsifini berardi, peyzajlari esa oʻsha davr va uning tabiatini yuqori aniqlikda qayta tiklab berardi. “Kungaboqar” suratining oʻzi bunga dalil boʻla oladi.

Oʻn yillik toʻxtovsiz ijodiy faoliyat, tinimsiz shubha va izlanishlar Van Gogning (katta ehtimol bilan, nasliy) xastaligi — epileptik psixozni kuchaytiradi. U tutqanoqlar oʻtishi bilan ishga kirishardi, shu tariqa oʻzining eng yaxshi avtoportretlaridan boʻlgan — “Trubka chekayotgan odam” surati yaratiladi. Navbatdagi tutqanoq paytida Vinsent yana oʻz joniga qasd qilishga urinadi.

Over Syur Uasda unga kerakli tibbiy yordam koʻrsatilmaganligi uchun u katta ehtimol bilan, qon yoʻqotishdan vafot etadi. Uning doim birgalikdagi rassomlik faoliyati haqida orzular qilgan ukasi, Teo ham yarim yildan soʻng vafot etadi. Bu bilan u doim rassomning ikkinchi “men”i boʻlgani haqidagi afsonani tasdiqlab ketadi.