3
Ulashish
1189 marta koʻrilgan
1945–1961
Oʻzbekiston xalq xoʻjaligining urushdan keyingi ahvoli
Sanoatni qayta qurish. Ikkinchi jahon urushi tugagan bo’lsa ham biroq urushning og’ir oqibatlari respublika hayotining hamma sohalarida, shuningdek, sanoatda ham sezilib turardi. O’zbekiston sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta’minlash uchun yoqilg’i, elektr energiya, shuningdek, malakali ishchi va muhandis-texnik xodimlarga tanqislik sezilardi. Bu murakkab vazifalarni hal etish uchun O’zbekistonning geografik holati, milliy an’analari, xalq manfaatini hisobga olib turib, uning xalq xo’jaligini rivojlantirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish zarur edi. Biroq bunday bo’lmadi. Markazning manfaatlaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish rejalari tuzildi.