4
Ulashish
763 marta koʻrilgan
61-yil
Uotling koʻchasidagi jang
Boudikaning Britaniyadagi Rim hukmronligiga qarshi uyushtirgan qoʻzgʻolonining oxirgi hal qiluvchi jangida, Gay Svetoniy Pavlin qoʻmondonligi ostidagi ingliz qoʻshinlaridan son jihatidan koʻp boʻlgan rimliklar qoʻshini britan qabilalarini tor-mor etdi. Bu jang 410-yilgacha davom etgan janubiy Britaniyadagi Rim hukmronligiga qarshi kurashlarning tugashini belgilab berdi.
Itsen qabilasi qiroli Prasutag vafot etgach, u yerlarini qizlari va imperator Neron oʻrtasida taqsimlash uchun qoldirib ketdi. Biroq rimliklar Prasutagning vasiyatini eʼtiborsiz qoldirib, uning yerlarini egallab oldi, bevasi Boudikani azobladi va qizlarining nomusiga tegdi. Rim gubernatori Svetoniy Anglsda harbiy yurish olib borayotgan paytda, Boudika itsenlar qabilasining qoʻzgʻoloniga boshchilik qildi. U Kamulodunga (Kolchester) hujum qildi, u yerda uning qoʻshinlari minglab odamlarni oʻldirdi va Klavdiy ibodatxonasiga oʻt qoʻydi, ichkaridan boshpana topganlarning barchasini oʻldirdi. Shundan soʻng u eʼtiborini Londonga yoʻnaltirdi, shaharni yoqib yubordi va qochib qutula olmaganlarning barchasini qilichdan oʻtkazdi. Svetoniy oʻz kuchlarini yigʻib, 10 000 ga yaqin odam toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Boudikaning qoʻzgʻolonchi kuchlari va Svetoniyning kamsonli, ammo yaxshi harbiy tayyorgarlik koʻrgan armiyasi Shropshirdagi Rokseter yaqinida joylashgan Uotling strit deb nomlanuvchi Rim yoʻlida toʻqnashdi. Britaniyadagi Rim hukmronligining taqdiri qil ustida turar edi, shuning uchun Svetoniy jang qilinadigan maydonni ehtiyotkorlik bilan tanlashiga toʻgʻri keldi. Tor dara uning qanot qismlarini, oʻrmon esa qoʻshinning orqa qismini himoya qilib berdi. Oldinda ochiq tekisliklar boʻlgani holda Boudika rimliklar bilan yuzma-yuz ochiq jangga kirishishga majbur boʻldi. Jang tartibsizlikka aylanib ketdi va britanlar ustiga nayzalar uchib keldi.
Britaniyaliklar qoʻshinida tartibsizlik yuzaga kelgach, Svetoniy oʻz qoʻshiniga Rimning odatiy xanjari koʻrinishidagi shaklda oldinga yurishga buyurdi. Sonining koʻpligiga qaramay, yomon qurollangan britaniyaliklar Rimning intizomli armiyasi, qurol-yarogʻi va texnikasiga teng kela olmadi. Britaniyaliklar orqaga chekinar ekan, ularning oilasiga tegishli boʻlgan aravalar halqasi ularning qochishiga toʻsqinlik qildi va ular butkul qirib yuborildi. Yoʻqotishlar: Rim manbalariga koʻra, inglizlardan 80 000 nafar erkak, ayol va bolalar oʻldirilgan, rimliklardan esa bor-yoʻgʻi 400 nafar askar qurbon boʻlgan.
Manba: britannica.com
Muqova surat: romanimperium.com