Orqaga
Jadidlar haqida ma'lumot.

569 marta koʻrilgan

1878–1937

Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev

O’zbek millatining jonkuyar jadidchilaridan biri, jamoat arbobi Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev o’zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan hisoblanadi. Turkiston muxtoriyatining hukumat boshliqlaridan biri. U Toshkent shahrida hunarmand oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek. Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirgach, mahkamalardan birida tilmoch bo’lib ishladi. Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida o’qiydi. 1929-yilda «o’z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun» 1 yil majburiy ishlarga jalb etilgan. 1931-yilda aksilinqilobiy faoliyat uchun Shimolga 10 yilga surgun qilingan. 1936 yoki 1937-yilda shartli ravishda ozod etilgan. 1942-yilda Ubaydullaxoja Asadullaxoʻjayev Kotlasda vafot etgan. O’limidan so’ng sovet hokimiyati tomonidan oqlangan. Ushbu maqoladagi Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev hayotiga bag’ishlangan keng qamrovli ma’lumotlar orqali millatparvar jadidchimiz taqdir yo’liga yaqindan nazar tashlashingiz mumkin.