Orqaga

1041 marta koʻrilgan

1917-yil

Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda oʻrnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi

Rossiyadagi Oktyabr to’ntarishi hamda uning Turkiston o’lkasiga ta’siri. 1917-yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida ko’pchilikni egalladi hamda hokimiyatni bosib olish uchun qurolli to’ntarishga tayyorgarlik ko’rdi. 24-oktyabrdan 25-oktyabrga o’tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o’tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi. Petrogradda ochilgan Butunrossiya Sovetlarining II syezdida bolsheviklar dastlab so’l eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat ag’darilganligini qo‘llab-quvvatlab, Tinchlik va yer to’g’risida dekretlar e’lon qildilar.