Orqaga

1236 marta koʻrilgan

XIX–XX

Turkiston oʻlkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati

O’rta Osiyo iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi o’rin tutgan. Rossiya imperiyasi agrar hudud hisoblangan Turkiston o’lkasida yer-suvdan foydalanishni to’liq o’z nazoratiga olish va ulardan olinadigan soliqlarning o’z vaqtida to’planishidan manfaatdor edi. Jumladan, yerga egalik qilish va undan foydalanish tartiblariga e’tibor qaratilgan. Agrar masala nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega bo’lgan. Yerga egalik qilish tartiblarini nazorat qilish podsho hukumatiga aholi ustidan hukmronligini ta’minlashda juda muhim edi.